Toshkent shahrining Sergeli hamda Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida 20—25-fevral kunlari elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Teplichnaya” podstansiyasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish maqsadida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr taminotida uzilishlar kuzatiladi.
- Sergeli tumanining: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eski Jaloyir”, “Koʻxnaqumariq”, “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat”, “Shukrona”, “Xalqobod”, “Madaniyat”, “Qushqorgon”, “Asrobod”, “Eshonbuloq” hamda “Kengmakon” MFYlarining ayrim hududlarida;
- Mirobod tumanining: “Parvona”, “Fayzobod”, “Baratxodja”, “Ziyonur”, “Bilimdon”, “Yuksalish”, “Yangi Qoʻyliq”, “Tolariq”, “Chinor”, “Qoʻyliq ota” va “Bayot” MFYlarining ayrim hududlarida.
Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.