Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasida diametri 325 mm bo‘lgan issiqlik tarmoqlarining umumiy 1000 metr uzunlikdagi qismi almashtiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu ishlar 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshiriladi.
Ishlar 10–30-sentyabr kunlari yo‘l qismi yopilgan holda amalga oshiriladi.
"Ishlar davomida kargo xizmatlari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, Aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv xizmatlari va yaqin atrofdagi uylarning aholisi uchun kirish va o‘tish imkoniyati ta‘minlanadi", deyiladi xabarda.