Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikkita tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 20-iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Yuqori Darxon" va "Daryo bo‘yi" MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 393 ta yerli xonadonlar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Yangihayot tumani (11:00 dan 17:00 gacha): “Yangi Choshtepa” MFY

  • Aholi iste‘molchilar soni: 75 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 9 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling