3-noyabr kuni soat 02:00 larda Sergeli tumani Mehrigiyo-Mirzo Tursunzoda koʻchalari chorrahasida haydovchi 2001-yilda tugʻilgan D.U. boshqaruvidagi Spark va 1997-yilda tugʻilgan L.A. boshqaruvidagi Matiz toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH natijasida Matiz transport vositasining 2 nafar yoʻlovchisiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling