Sergelidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent shahrining Sergeli tumani, Xonabod ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoning fasad qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 09:24 da yetib borib, yong‘in soat 09:39 da qurshab olinib, soat 09:42 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling