Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning toʻrtta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Yangihayot, Bektemir va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlariga 11-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Sergeli tumani (14:00 dan 17:00 gacha): “Qoʻsh Qoʻrgʻon“ va ”Qutbaraka“ MFYlari

  • Aholi xonadonlari soni: 1430 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 23 ta

Yangihayot tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Humo” MFY:

  • Aholi xonadonlari soni: 83 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Uchtepa tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Jurjoniy” MFY Sakkokiy va Jurjoniy koʻchalari

  • Aholi xonadonlari soni: 1200 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta

Bektemir tumani (11:00 dan 18:00 gacha): “H.Boyqaro” MFY Yuqori Chirchiq va Katta ariq koʻchalari

  • Aholi xonadonlari soni: 1296 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling