Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 31-oktyabr kunduz kuni chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ushbu hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Poytaxtda ham shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Chang ko‘tarilishi mumkin.
Mazkur hududlar aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.