“Oʻzenergoinspeksiya” yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish borasida nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Xususan, Buxoro shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “T. M.” yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli qurilish binosi shartnomasiz elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra taʼminot korxonasiga 1 mlrd 94 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling