Jizzaxdagi fermer xoʻjaligida 3,7 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

Shartnomasiz tarmoqqa ulangan fermer xoʻjaligi 3,7 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida joylashgan “J.D.S.Y.” fermer xoʻjaligi masʼullari tomonidan 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmogʻiga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 3 mlrd 764 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling