Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Andijonda fuqaroga 10 sotix yerni olib berish uchun 32 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyatida “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi balansidan 10 sotix yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, Shahrixon tumanida fuqaro M.A. fuqaro S.T. ga tadbirkorlikni amalga oshirish hamda qo‘shimcha obyekt qurish uchun 10 sotix yerni kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali noturar joy sifatida kadastr hujjatlarini tayyorlab olib berishni vaʼda qilgan.

U buning evaziga 32 ming dollar berishi kerakligini aytib, shundan 18 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling