Toshkentda BYD va Equinox ishtirokida sodir boʻlgan YTH oqibatida 18 yoshli haydovchi vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Shayxontohur tumani, Koʻkcha darvoza koʻchasi, Suzuk ota mahalla arkasi qarshisida 11-dekabr kuni soat 20:20 larda YTH sodir boʻldi.

Hydovchi 1988-yilda tugʻilgan R.K. boshqaruvidagi BYD va 2006-yilda tugʻilgan A.X. boshqaruvidagi Equinox toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

YTH natijasida Equinox haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling