Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Tadbirlar doirasida uskunalarni ta‘mirlash va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi bir qator mahalliy qozonxonalarida rejalashtirilgan ta‘mirlash va profilaktika ishlari olib boriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu ishlar issiqlik manbalarining yozgi reja asosidagi to‘xtatilishi doirasida amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan, quyidagi manzillar bo‘yicha issiq suv ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Navoiy 39 qozonxonasi (39-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “Olmazor” MFY) — 4–5 avgust kunlari
  • Navoiy 37 qozonxonasi (37-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “Olmazor” MFY) — 6–7 avgust kunlari
  • Navoiy 33 qozonxonasi (33-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “O‘qchi” MFY) — 11–12 avgust kunlari
  • Navoiy 29 qozonxonasi (29-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “O‘qchi” MFY) — 13–14 avgust kunlari
  • Navoiy 27 qozonxonasi (27-sonli turar joy, Navoiy ko‘chasi, “O‘qchi” MFY) — 18–19 avgust kunlari
  • Ko‘kcha 1a qozonxonasi (1–12, 60a-sonli turar joylar, Ziyo Said ko‘chasi, “Ko‘kcha” MFY) — 20–21 avgust kunlari
  • Zafarobod 12 qozonxonasi (1a, 2a, 2, 8, 9, 10-sonli turar joylar, 456-sonli bolalar bog‘chasi, KHY ko‘chasi, “Zafarobod” MFY) — 25–26 avgust kunlari
  • Ipakchi 103 qozonxonasi (102, 103, 107–110, 114–116-sonli turar joylar, 105, 106-sonli kottejlar, Istirohat ko‘chasi, “Ipakchi” MFY) — 27–28 avgust kunlari.

Tadbirlar doirasida uskunalarni ta‘mirlash va modernizatsiya qilish, eskirgan qismlarni almashtirish hamda nasos uskunalarining ishlashini tekshirish rejalashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling