Toshkentning Taras Shevchenko va Sayyid Baraka ko‘chasi vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimilgi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik-ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.
Cheklov 16-oktyabr soat 16:00 dan 20-oktyabr soat 07:00 gacha amal qiladi. Ushbu hududlar:
- Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha,
- Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha yopiladi.
Ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilgan.