Sirdaryoda sodir boʻlgan yongʻindan 3 nafar bola qutqarildi

Hozirda yongʻinning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, “A.Temur” MFY hududida fuqaro M.Bning yashash xonadonida 17-fevral kuni soat 14:30 da yongʻin sodir boʻldi.

Voqea joyiga yetib borgan yongʻin-qutqaruvchilar tomonidan yongʻin soat 14:37 da toʻliq oʻchirilgan.

Yongʻinni bartaraf etish vaqtida, yongʻin sodir boʻlgan xonadon ichida boʻlgan 3 nafar (2019-y.t J.J, 2020-y.t. J.M hamda 2022-y.t J.I) bolalar qutqarib qolingan. Shu joyning oʻzida bolalarga birinchi tibbiy va psixologik yordamlar koʻrsatilgan.

Yongʻin natijasida insonlarning tan jarohati olishi va halok boʻlish holatlari kuzatilmagan.

Hozirda yongʻinning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling