Toshkent viloyatidagi AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya”.
Chirchiqda joylashgan “N.R.S.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-95 avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Shuningdek, Boʻstonliq tumanida joylashgan “D.” MCHJga qarashli AYOQSHda ham bu kabi holat aniqlandi hamda nostandart yelim idishlarga qoidalarga zid ravishda avtobenzin sotilishi ham maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling