Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi

Cheklov 2-avgustdan 25-avgustgacha amal qiladi.

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasining Grand Mir mehmonxonasi bilan kesishmasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga rekonstruksiya ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. Cheklov 2-avgustdan 25-avgustgacha amal qiladi.

Shu bois avtobus yo‘nalishlari harakati quyidagicha vaqtincha o‘zgartiriladi:

18, 38, 58, 67-sonli yo‘nalishlar:

  • Shahrisabz ko‘chasi → Mirobod → Nukus → Bobur → Sh.Rustaveli ko‘chalari orqali harakatlanadi.

57, 81, 98-sonli yo‘nalishlar:

  • Mirobod → Yusuf Xos Hojib → Bobur ko‘chalari orqali harakatlanadi.

127-sonli yo‘nalish:

  • Nukus → Muqimiy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Rekonstruksiya ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling