Toshkentdagi Amiti universitetiga boshqaruv direktori tayinlandi

Sh. Sattorov bunga qadar Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori lavozimida ishlagan

Shuxrat Sattorov Toshkent shahridagi Amiti universiteti boshqaruvi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Sh. Sattorov bunga qadar vazirlik huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori lavozimida ishlagan.

U Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Koreya Respublikasining Yonsey hamda Hindistonning Puna universitetlarida oʻqigan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling