Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Mazkur reyd davomida Namangan tumanida fuqaro Q.F. Sirdaryo oʻzanidan oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qum-shagʻal qazib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 70-moddasi prim 1-qismiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari — 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling