Sirdaryoda 5 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

Yangiyer shahrida joylashgan “Y-Z.E.” MCHJga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish binosida hisoblagichsiz toʻgʻridan toʻgʻri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 5 mlrd 25 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling