Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tadbirkorga 500 000 AQSH dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi.
“S.S.” MCHJ rahbari N.Sh. (muqaddam sudlangan) tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida “L.Y.” korxonasi bilan 500 000 AQSH dollari miqdorida qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling