Toshkent shahrining Chilonzor tumanida oldindan tezkor kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechiridi.
Xonadondan xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam noqonuniy yoʻllar bilan respublikaga olib kirilgan 205 ta qogʻoz qutida 2 turdagi pirotexnika vositalari qonunga xilof tarzda saqlanayotganligi aniqlandi.

Rangli tutun chiqaruvchi va uchqun sachratuvchi mazkur pirotexnika vositalarining umumiy miqdori 24 ming 637 donani, qiymati esa dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 737 mln soʻmni tashkil qilmoqda.
Hozirda mazkur pirotexnika vositalari vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.