Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Sirdaryo viloyatida IIV ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyatida Ichki ishlar vaziri ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda viloyat hokimi, xalq deputatlari Kengashining aʼzolari, hamkor tashkilotlarning masʼul xodimlari, shahar-tuman jamoatchilik faollari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining rahbarlari qatnashdi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala ko‘rildi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining magistratura bosqichi tinglovchisi podpolkovnik Farrux Haydarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling