Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Sirdaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani, Furqat mahallasida 19-sentyabr kuni soat 22:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, 2010-y.t, voyaga yetmagan D.A. otasiga tegishli bo‘lgan Lacetti avtomashinani (otasidan beruxsat) boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. 

Haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling