Sirdaryoda 1,4 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatida 1,4 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Sirdaryo tumanida joylashgan “O. M. G.” MCHJning elektr qurilmalari uchun oʻrnatilgan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilib, oʻzboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 460 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling