Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi metan zapravka 5,7 mlrd soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “P.M.G.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompresslash shoxobchasining hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatgan.
Holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.