Yangihayotda skuter, Sergelida avtomashina yonib ketdi

Hodisalar oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentning Yangihayot tumani, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida 24-iyun kuni soat 23:00 da Cobalt yo‘l chetida yurib ketayotgan skuterni turtib yubordi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Oqibatda skuterda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 23:11 da yetib borib, soat 23:13 da o‘chirildi.

Sergeli tumani, Porloq ko‘chasida 25-iyun kuni soat 09:34 da Spark yonib ketdi. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari manzilga soat 09:42 da yetib borib, soat 09:45 da o‘chirildi.

Hodisa oqibatida Spark yonida turgan Cobalt‘ning yon tomoni kuzov qismi yonib zararlangan. 

Hodisalar oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling