Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi tijorat bankining sobiq xodimi I.Sh. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, fuqaro Sh.V.ning ishonchiga kirib uning qarindoshi S.V.ning nomiga 500 AQSH dollari evaziga 100 mln soʻm imtiyozli kredit ajratib berishini vaʼda qilgan.
Shundan 400 AQSH dollari va 600 ming soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling