Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot yoʻlovchining salomatligi sabab ortga qaytdi

HY101 reysining Toshkentdan uchish vaqti 09:30 (Toshkent vaqti bilan)

Uzbekistan Airways Toshkent – Nyu-York yoʻnalishi boʻyicha HY101 reysi haqida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, reys Toshkentdan Nyu-Yorkka jadval boyicha soat 06:47 da uchib ketgan. Parvoz davomida havo kemasi komandiri 1967-yilda tugʻilgan, Rossiya fuqarosi bolgan yoʻlovchining oʻzini yomon his qilgani sababli uchib ketish aeroportiga qaytishni soʻragan.

Soat 07:35 da havo kemasi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi, u yerda yoʻlovchini kutib turgan tibbiy yordam mashinasi orqali tibbiy muassasaga joʻnatildi.

HY101 reysining Toshkentdan uchish vaqti 09:30 (Toshkent vaqti bilan), Nyu-Yorkka yetib borish vaqti 12:30 (Nyu-York vaqti bilan).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling