Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an‘anasi bu yil ham davom etadi.
Vazirlik maktablar jamoalarini, bitiruvchilarni, ota-onalarni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘ragan.