Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tadbirkorning 2 500 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan shaxslar aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Fuqarolar A.A., Sh.P. va D.S. (muqaddam sudlangan) “I.G.” MCHJ taʼsischisi A.Sh.ning ishonchiga kirib, unga hududiy tijorat banki filialidan 3 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytib, evaziga 2 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Tekshiruv davomida 200 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling