2-6-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Faqat Toshkent, Namangan viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida 5-dekabrda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.
Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq, 2 daraja daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mukin.
Toshkent shahrida 2-6-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s telikda esadi.
Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduz kunlari 6-9 daraja iliq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling