Oʻzbekistonda hafta davomida havo harorati qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Havo harorati kechalari 2-7 daraja iliq, atrofida boʻladi, kunduz kunlari 15-20 darajagacha koʻtariladi

29-oktyabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda -2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 10-15 daraja iliqgacha koʻtariladi.

Chorshanba kuni faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida biroz yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Sovuq havo massasi mamlakat hududidan chekina boshlaydi, harorat kechasi 2-7 daraja iliqqacha, kunduzi 12-17 darajagacha koʻtariladi.

Payshanba va juma kunlari Oʻzbekiston boʻyicha quruq va iliq ob-havo boʻlishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati kechalari 2-7 daraja iliq, atrofida boʻladi, kunduz kunlari 15-20 darajagacha koʻtariladi.

28-30 oktabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda tuman tushishi kuzatiladi. 28-30 oktabrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Toshkent shahrida 29-oktyabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.

30 oktabrda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja boʻladi.

31 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling