Oʻzgidromet 26-fevral, chorshanba kuni Oʻzbekiston hududlarida havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berildi. Unga koʻra:
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 1-3° iliq boʻladi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.