Dam olish kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Harorat 2-3 darajaga pasayadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Shimolda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning ba‘zi joylariga tuman tushishi mumkin. Biroz kuchsiz shamol sharqdan esib turadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati shanba va yakshanbada kechasi 0-3 daraja iliq, kunduzi 11-14 daraja iliq bo‘ladi.