Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda 1985-y.t. fuqaro o‘zini go‘yoki DXX xodimi deya tanishtirib, Namanganda ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali hech qanday muammosiz bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazdirib berishini aytadi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro korxona rahbaridan har bir yuk partiyasi uchun 500 dollardan – jami 1000 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs korxonaga xorijdan import kilinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvidan tezlashtirib chiqarib berayotganligini aytib, korxona rahbaridan muqaddam 1000 dollar olgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling