Toshkentda 200 ming soʻmlik qalbaki kupyuralarni tayyorlagan shaxslar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Chilonzor tumanida fuqaro E.A. fuqaro J.X.ga 200 ming soʻmlik kupyuradagi jami 300 dona 60 mln soʻm qalbaki pullarni 20 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlandi.

Uning Monza avtomashinasidan 4 dona qalbaki kupyura hamda 200 ming soʻmlik milliy valyuta surati tushirilgan 89 dona A4 formatdagi qogʻozlar, chizgʻich, qaychi va kanselyariya pichogʻi hamda fuqarolar D.T. va J.Z.dan kompyuter va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling