Sogʻliqni saqlash vazirligi fuqarolarga tibbiyot tizimidagi korrupsiya bilan bogʻliq holatlar boʻyicha xabar berish mumkinligini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, vazirlik qoshida manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha tezkor xabar berish, xato-kamchiliklarning oʻz vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida respublika boʻyicha yagona 1203 raqamli “Ishonch telefoni” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Sogʻliqni saqlash tizimida korrupsiya bilan bogʻliq holatlarga duch kelganda 71 241-10-65 yoki 1203 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga qoʻngʻiroq qilish mumkin.
Murojaatlar ish kunlari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling