Prezidentning “Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.
Dasturda quyidagi rezident yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:
quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:
— faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7 yilgacha;
— kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard soʻmdan oshmagan;
— inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;
— raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori oʻsish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati boʻlgan biznes modelga ega;
— startap loyihalar ekotizimi platformasida roʻyxatdan oʻtgan.
Startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamgʻarmalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling