Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri  Strategik sheriklik yoʻlida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzoladi

Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yoʻlida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzoladi.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

  • Mahsulotlarning “halol” standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Bojxona ishida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida bitim;
  • Oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Akademik-diplomatik hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • “Aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
  • 2025-2026-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshma reja.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling