Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024-yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari tahlil qilindi.
2024-yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi. Mazkur davrda poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan 2,8 foiz, toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun esa 1,4 foiz oshdi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasiga talabning oshishi boʻyicha kutilmalar bunday uylarning ijara narxlariga taʼsir koʻrsatdi. Xususan, 2024-yilning sentyabr oyida oʻrtacha taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun oʻrtacha ijara narxi avgust oyidagiga nisbatan 2,4 foiz, 2 xonali uylar uchun 3,4 foiz, 3 xonali uylar uchun 3,2 foiz, 4 xonali uylar uchun esa 2,1 foiz oshdi.
Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 291 AQSH dollari, 2 xonali – 363 AQSH dollari, 3 xonali – 403 AQSH dollari, 4 xonali - 463 AQSH dollari), Olmazor (1 xonali – 306 AQSH dollari, 2 xonali – 362 AQSH dollari, 3 xonali – 426 AQSH dollari, 4 xonali – 503 AQSH dollari) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 358 AQSH dollari, 2 xonali – 445 AQSH dollari, 3 xonali – 548 AQSH dollari, 4 xonali – 721 AQSH dollari) va Yakkasaroy (1 xonali – 343 AQSH dollari, 2 xonali – 460 AQSH dollari, 3 xonali – 611 AQSH dollari, 4 xonali – 631 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda 3 xonali uy-joylarning ijara narxi 0,9 foiz pasaygan boʻlsada, 2 xonali uy-joylarning ijara narxi oʻrtacha 1,1 foiz, 4 xonali uy-joylarning ijara narxi 2,3 foiz hamda 1 xonali uy-joylarning ijara narxi 3,1 foiz oshgan.
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 331 AQSH dollari, 2 xonali – 428 AQSH dollari, 3 xonali – 506 AQSH dollari, 4 xonali – 634 AQSH dollari) va Uchtepa (1 xonali – 393 AQSH dollari, 2 xonali – 453 AQSH dollari, 3 xonali – 538 AQSH dollari, 4 xonali – 717 AQSH dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 474 AQSH dollari, 2 xonali – 678 AQSH dollari, 3 xonali – 967 AQSH dollari, 4 xonali – 1278 AQSH dollari) va Shayxontohur (1 xonali – 442 AQSH dollari, 2 xonali – 708 AQSH dollari, 3 xonali – 1004 AQSH dollari, 4 xonali – 1272 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling