Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlari doirasida arizalar qabul qilish 2025-yilning 3-mart kuni boshlanadi. Bu =aыda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga borib yoki my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mustaqil ravishda ariza topshirishlari mumkin.
Ariza beruvchi va/yoki uning yaqin qarindoshlaring (bunda, yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilgan hollarda) oʻrtacha daromad miqdori:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 8 baravarigacha (9 mln 240 ming soʻm);
- Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 9,2 baravarigacha (10 mln 626 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur.
Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud boʻlmasligi lozim.