Vazirlar Mahkamasining “Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yoʻnalishlarida yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:
— shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yoʻnalishlaridagi xarajatlarni kompensatsiya qilish;
— xarajatlarni qoplash uchun arizalarni koʻrib chiqish;
— zararli avtobus tashishlari uchun subsidiyalar berish.
Tijorat asosida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi va litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishlarida 30 foizgacha zarar bilan ishlaydigan avtobus yoʻnalishlari zararli hisoblanadi (Toshkent shahri bundan mustasno).
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, hududiy boshqarmalar tomonidan zararli avtobus yoʻnalishlari reyestri yuritiladi.
2025-yil 1-fevraldan boshlab, subsidiya olish boʻyicha davlat xizmatini olish uchun tashuvchi YAIDXP orqali zarur hujjatlar bilan murojaat qiladi.
Masʼul organlar 5 kun ichida qaror qabul qiladi. Ushbu xizmat bepul koʻrsatiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling