Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Holat boʻyicha dastlab Bosh prokuratura matbuot xizmati izoh berdi.
Hayot Shamsutdinovga koʻra, ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tergov natijasiga koʻra, ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam oʻldirish) va boshqa moddalar bilan ayblov eʼlon qilinib, 23-oktyabr kuni jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ham mazkur xabarlarni inkor etdi.
Berilgan maʼlumotda aytiliishcha, Jinoyat kodeksining 97, 25,97, 219 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan S. M. (1993-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan) ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga 29-oktyabr kuni kelib tushgan boʻlib, ayni paytda mazmunan koʻrib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.
Iyul oyida Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan erkak qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashab kelgan ayolining birinchi turmushidan 2021-yilda tugʻilgan oʻgʻlini bir necha marta pichoqlagandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling