Toshkent viloyatida yosh qizcha onasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda

Ish yuzasidan yakuniy qarorni sud beradi

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga 23-dekabr kuni voyaga yetmagan qizcha tanasidagi turli jarohatlar bilan yotqizilgan.

Tibbiy xulosasiga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya lat yeyishi og‘ir va boshqa og‘ir jaroxatlar aniqlangan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 7-yanvar kuni bola vafot etdi.

Tergov vaqtida jinoyat natijasidagi oqibatning o‘zgargani, ya’ni jabrlanuvchi o‘limi jinoyatga huquqiy baho berishga bevosita ta’sir qiladi - ayblovni og‘irroq jazoni ko‘zda tutuvchi qismga qayta malakalash lozim bo‘ladi.

Bu endilikda tergov tomonidan amalga oshiriladi. Ish yuzasidan yakuniy qarorni esa sud beradi.

2024-yil 27-dekabr kuni holat yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahar IIB tomonidan E.Ë ga nisbatan JKning 126-1-moddasi 7-qismi “b” bandi (Oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling