Ubaydulla Mingbayevga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi

U Oʻzbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi raisi hisoblanadi

Oʻzbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingbayevga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi. Bu haqda Prezident farmoni qabul qilindi.

Maʼlum qilinishicha mukofot davlat organlaridagi koʻp yillik samarali mehnati, mamlakatda sud-huquq tizimini rivojlantirish, sohada islohotlarni chuqurlashtirish hamda tavalludining 90 yilligi munosabati bilan berilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling