Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Uchta viloyatda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Denov tumani, “Bahoriston” MFYda fuqaro U.B. va M.B.lar fuqaro A.X.ga 4 200 dollarni 54,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlandi. Ulardan jami 4 200 dollar, 8 550 rubl va 23,7 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Andijon viloyatida fuqaro I.Z. fuqaro N.S.ga 3 500 yevroni 47,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida 3 500 yevro va 900 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Sirdaryo viloyatida fuqaro N.Gʻ. va B.A.lar oʻzaro til biriktirib fuqaro M.X.ga 3 200 dollarni 41,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling