Surxondaryoda 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda fermer 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga sotayotganda ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Angor tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 7,7 gektar yerini fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 mln so‘m talab qilgan.

U fuqarodan muqaddam 520 mln so‘m olgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer qolgan 280 mln so‘mni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling