Respublikaning beshta viloyatida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deb xabar berdi O‘zA.
Bunga 9–11-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab bo‘ladi. Ushbu hududlar:
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi hamda harakatlanuvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.