Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “S.T.A.M” MCHJ rahbari S.B. jamiyatga qarashli ekin yerlarini sugʻorish uchun moʻljallangan suv nasosini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulashi oqibatida 683 mln soʻmlik elektr energiyasi oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan 683 mln soʻm zarar toʻliq undirilishi taʼminlandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling