Afgʻoniston Oʻzbekiston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha kelishuvni keyingi yilga uzaytirdi

Afgʻonistonning “DABS” kompaniyasi va “Oʻzbekenergo” shartnoma imzoladi

Afgʻonistonning “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) energetika kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mamlakat Oʻzbekiston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha kelishuvni keyingi yilga uzaytirdi.

Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻonistonga bordi. Tashrif davomida Energetika vazirligi rahbari “DABS” bosh direktori Abdul Bari Umar bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Afgʻonistonning “DABS” kompaniyasi va “Oʻzbekenergo” 2025-yil uchun elektr energiyasi xarid qilish shartnomasini (PPA) imzoladi.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston bilan kelishuv ikki davlat oʻrtasidagi energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga va Afgʻonistonga elektr energiyasini barqaror yetkazib berishni taʼminlashga qaratilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling